O‘zbekiston va Rossiya harbiylari tog‘da yashiringan "banditlarni" yo‘q qildi

© Ministerstvo oboroni RFV Uzbekistane na poligone Forish startovalo takticheskoe uchenie s voinskimi kontingentami Rossii i Uzbekistana
V Uzbekistane na poligone Forish startovalo takticheskoe uchenie s voinskimi kontingentami Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Forish" poligonida ikki mamlakat harbiylari birgalikda terrorchi guruhlarga qarshi kurash, yo‘llarini to‘sib qo‘yish va yo‘q qilish uslublarini mashq qilishadi va tajriba almashishadi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Bugun Rossiya-O‘zbekiston harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari doirasida Jizzax viloyatidagi "Forish" poligonida "Yetib borish qiyin bo‘lgan tog‘ sharoitida qurollangan bandalarga qarshi aksilterror operatsiyalar o‘tkazish" mavzusida harbiy-ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari podpolkovnik Po‘lat Sotvoldiyev, hamda okrugning bo‘lim va boshqarma boshliqlari harbiy operatsiya o‘tkazishda tog‘ sharoitlari qanday ta’sir qilishi haqida gapirishdi.

Nachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Forishda O‘zbekiston-Rossiya harbiy mashqlari boshlandi
Shuningdek, ular jinoyatchi to‘dalarning taktikasi va qurol-yarog‘ tarkibi va ularga qarshi artilleriya va harbiy havo kuchlaridan qanday foydalanish kerakligi haqida so‘zlab berishdi.

Seminardan so‘ng ikki mamlakat harbiylari ishtirokida namoyish-tayyorlov o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ularda podpolkovnik Zuhriddin Raximov boshchiligidagi tog‘-o‘qchi brigadalari qurolli hujumlarni oldini olish va ulardan himoyalanish uslublarini namoyish qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston harbiylari "Forish" poligonida 2005-yilda ham birgalikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishgan edi. Bu safargi tajriba almashishda Rossiya Markaziy harbiy okrugi Tiva Respublikasida joylashgan tog‘-o‘qchi brigadalar ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0