01:06 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
418920

Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialining faoliyati 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tugatiladi

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali yopiladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston hukumati qaroriga koʻra, oliygoh faoliyati 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tugatiladi. Filial talabalariga oʻzlari oʻqiyotgan yoʻnalish boʻyicha taʼlim olishni shu yerda tugatish imkoniyati beriladi.

Hozircha oliygohning yopilish sabablari maʼlum qilinmadi. Ammo Iqtisodiyot va Sogʻliqni saqlash vazirliklari ana shunday taklif bilan chiqqanliklari maʼlum.

Mazkur oʻquv yurti 1998 yilda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining Fargʻona filiali sifatida tashkil etilgandi. 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filialiga aylantirilgan.

Keyingi besh yil davomida oliygoh eng talab katta boʻlgan hududiy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib kelgandi — bu yerda bir oʻringa 20 nafardan abituriyent toʻgʻri kelgan.

Boʻlajak talabalar xavotirga tushishmasa ham boʻladi. 2017 yilda Oʻzbekistonda bir nechta nufuzli oliy taʼlim muassasalari paydo boʻladi. Toshkentda AQShning Vebster universiteti ochiladi. Olmaliqda Moskva poʻlat va qotishmalar institutining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialining tayyorlov markazi ish boshlaydi.

Mamlakatda yaqin vaqt ichida jami boʻlib beshta yangi oliygoh hamda 16ta universitet va institutda 12 yoʻnalish boʻyicha kechki va sirtqi boʻlimlar ochish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular