22:45 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Goroda Mira. Tashkent

Tungi Toshkentda choʻntakda millionlab pullar bilan sayr qilish sarguzashtlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Jamiyat
Havola olish
207884

"Men Almazbek Atambayevning Oʻzbekistonga davlat tashrifini yoritish maqsadida Toshkentga keldim. Atigi 23 soat ichida boʻlgan tashrif davomida, ushbu shahar menda unutilmas taassurotlarni qoldirdi" — deb taʼkidladi Sputnik Qirgʻiziston kolumnisti Bakit Tolkanov.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Sputnik Qirgʻiziston kolumnisti Bakit Tolkanov uni Toshkentda qanday kutib olishganligi va unda poytaxt, uning aholisi haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Toshkent, anʼanaga koʻra, har doim avval Samarqand va Buxoro, keyinchalik XIX asrda Qoʻqon ortidan soyada boʻlgan. Lekin XX asrda Toshkent oldinga chiqib, Oʻzbekiston poytaxti boʻldi. Endi bu shahar Markaziy Osiyoning aholisi koʻp boʻlgan yirik shaharlardan biridir. Uni mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy markaz sifatida tan olish mumkin.

"Men Almazbek Atambayevning Oʻzbekistonga davlat tashrifini yoritish maqsadida Toshkentga keldim. Atigi 23 soat ichida boʻlgan tashrif davomida, ushbu shahar menda unutilmas taassurotlarni qoldirdi" — deb taʼkidladi Sputnik Qirgʻiziston kolumnisti Bakit Tolkanov.

Millionlarning millioni

Toshkentda qariyb 2,3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ulardan koʻpchiligi million-million pullar bilan ish qilishadi. Mahalliy aholi vakillari kuniga oʻn va yuz ming soʻm miqdordagi pullardan foydalanishadi, chunki 1 dollar 8 ming soʻmga tengdir. Masalan, bir dona magnit esdalik sovgʻachasini 4 ming soʻmga sotib oldim. Shubhasiz, bunday raqamlar qirgʻizistonliklarni shok holatiga soladi.

— 3500 soʻmni shu xxxxxxxxxxx raqamga tashlab qoʻying — beparvolik bilan aytilgan murojaatlarni bir necha marta kichik doʻkonlarda eshitib qoldim.

Men shu ohangda 20-30 qirgʻiz somni telefon hisobiga yuklab qoʻyishni soʻrayman. Aytganday, maʼlum boʻlishicha, 3500 soʻm va 30 qirgʻiz soʻmi — dollar ekvivalentida boʻlgan pullardir.

Masalan, 1 million 200 ming soʻmga mehmonxonada ikki kishilik joy olsa boʻladi. Bunday raqamlar haqida "Grand otel" va "Ritts" mehmonxonalari bilmasa kerak.

"Hozir sizga ancha qulay, 5 va 10 ming soʻmli pul kupyuralari bor, yaqinda besh yuz mingliklar chiqdi. Qachonlardir eng katta pul birligi — bir ming soʻm boʻlgan. Hozirgacha ushbu raqamlarga koʻnika olmayapman" — deb taʼkidladi Toshkentda uzoq vaqtdan berish istiqomat qiluvchi qirgʻizistonlik ayol.

"Karimov" yoʻlidan prezident saroyigacha

Islom Karimov aeroportidan "Koʻksaroy" prezident qarorgohigacha yoʻl barcha talablarga javob beradi. Ushbu yoʻl juda tekis va keng. Toʻgʻrisi, saroydan ortga qaytish yoʻli odatiy boʻldi — biz boshqa yoʻl bilan ketdik, "jonajon" oʻnqir-choʻnqirlar bilan. Yoʻl yaxshigina silkitdi. Shoir buni "asfalt toʻlqinlari" deb atagan boʻlar edi, men bunga boshqa oʻxshatish tanlagan boʻlar edim.

Lekin tan olish kerakki, keng yoʻllar hisobiga avtomobil tirbandliklarni koʻrmadim. Buni bizga hamroh boʻlganlar ham tasdiqladilar.

Men qora bozorni qidirdim

Menda yuz ming soʻm pul boʻlishiga qaramasdan, ushbu pullar tugab qoldi va mehmonxona turar joyiga toʻlash uchun qolmadi. Tungi sayirga bir soʻm ham qolmadi.

Oxir-oqibat pul almashtirish muammolari yuzaga keldi — banklar soat 22-00gacha ishlashadi, yagona almashtirish shahobchasi juda uzoqda. Doʻkon ishchilariga murojaat qilishga majbur boʻldim. Ular menga yordam berishni istashmadi. Vatanparvalik boʻyicha ularga taʼsir qilish toʻgʻri keldi.

— Uchib ketish erta tongda, men esa pullarni almashtirishga ulgurmayapman. Axir men oila aʼzolarim va hamkasblarimni Oʻzbekistondan esdalik sovgʻalar va mazali shirinliklar bilan xursand qilmoqchi edim. Men ular sizning mamlakatingizda boʻlmay turib, faqat doʻstona fikrda boʻlishlarini istayman" — dedim maʼyus holda.

Bir necha daqiqatdan soʻng menda valyuta olibsotarning nomeri yozilgan varaqni berishdi. Lekin men qonunni buzmaslikka qaror qildim va qonuniy yoʻl bilan pulni almashtirdim. Yosh yigitlar oldida uyatli boʻldi. Ular mamlakatlari haqida yaxshi taassurot qolishi uchun qonunbuzilishga borishdi. Aytgancha, yaqinda joriy etilgan konvertatsiya rasmiy va noqonuniy kursni tenglanishtirib qoʻydi. Agarda undan oldin, men qonuniy yoʻl bilan valyuta almashtirganimda qora bozorga nisbatan ikki baravar kam pul olar edim.

Oʻzbekiston mahsulotlarini qidirib

Choʻntakda million pullar bilan, men sovgʻalar olish maqsadida yaqindagi doʻkon tomon yoʻl oldim. Toʻgʻrisini aytganda mening tanlovim muvaffaqiyatsiz boʻldi: bu maxsus ixtisoslashtirilgan doʻkon boʻlib chiqmadi. Bu oddiy market ekan. Lekin hammasini Sanjar ismli yigit toʻgʻriladi. Men uni mahsulotlarni tahlayotganda ishidan chalgʻitdim. U yigit meni diqqat bilan eshitib, menga mahalliy shirinliklar kerakligini tushunib oldi. Savdo rastalardan birma bir oʻtkazib, ulardagi mahsulotlar bilan tanishtirish chiqdi. Umuman olganda, yarim soat ichida qurutilgan mevalar, esdalik magnitlari va xol va sotib oldim.

Shuningdek, Sanjar chegirma qilib berdi va meni ekishgacha kuzatib qoʻydi. Mamnun boʻlgan mijoz sifatida oxirida selfi rasmga tushdik. Omad senga Sanjar!

Toshkentga yana albatta kelaman

Afsuski, tashrif vaqtining katta qismida men ishladim, shuning uchun Toshkent bilan tanishib chiqish imkoni boʻlmadi. Bu menga juda yoqqan shaharga yana bir bor tashrif buyurish uchun eng yaxshi bahonadir.

Asosiy mavzular