O‘zbekiston MDH erkin savdo hududi shakllantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDHga a’zo mamlakatlar bilan savdo, investitsiya, innovatsiya va moliya sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston Hamdo‘stlik makonida hech qanday istisno va cheklovlarsiz tez fursatda to‘laqonli erkin savdo hududini shakllantirishi tarafdori, dedi Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisidagi chiqishida.

"Yil boshidan buyon O‘zbekiston va MDH mamlakatlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 20 foizdan ziyod oshganini ta’kidlamoqchiman. O‘zbekiston MDHga a’zo mamlakatlar bilan savdo, investitsiya, innovatsiya va moliya sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor. Biz venchur loyihalar va iqtisodiy zonalarni birgalikda rivojlantirishga tayyormiz", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: MDH O‘zbekiston uchun qarashlarni solishtirish "maydoni" emas

Mirziyoyevning fikricha, transport va kommunikatsiyalar sohasi, MDH makonida samarali integratsiyalashgan transport tizimini rivojlantirish, mintaqaning ulkan tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish strategik muhim yo‘nalishdir.

Turizm sohasida katta istiqbollar mavjud, dedi davlat rahbari.

"Fikrimizcha, bizdagi keng imkoniyatlar va ulkan turizm salohiyati, afsuski, haligacha to‘liq ishga solinmagan. MDHga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini 2020-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini birgalikda tahlil qilish va aniq harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida Hamdo‘stlikning Turizm bo‘yicha kengashining navbatdagi majlislaridan birini Samarqandda o‘tkazishni taklif qilamiz", — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Amaliy ilmiy-texnik hamkorlik va ta’lim sohasidagi almashinuvni kengaytirish masalasi ham O‘zbekiston rahbarining e’tiboridan chetda qolmadi.

"Bizning Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda to‘plagan tajribamiz asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar, yuqori texnologiyalar sohasida loyihalar, shuningdek, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni taklif etamiz", — dedi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0