O‘zbekiston MDHda harbiy-texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

© Press slujba Minoboroni RUzNachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya
Nachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar yo‘nalishidagi hamkorlik muhim amaliy ahamiyatga ega

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston harbiy-texnik sohadagi kooperatsiya darajasini oshirish, mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud shartnoma va bitimlar doirasida qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqishdan manfaatdor, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida so‘zlagan nutqi davomida.

Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH erkin savdo hududi shakllantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi

"Barcha bunyodkorlik rejalarimizni faqat tinchlik va barqarorlik sharoitida, xavfsizlikka tahdid soluvchi zamonaviy xavf-xatarlarga o‘z vaqtida javob qaytarish orqali ro‘yobga chiqarish mumkinligi ayon haqiqatdir. Shu munosabat bilan jinoyatchilik, terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va odam savdosiga qarshi murosasiz kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar yo‘nalishidagi hamkorlik muhim amaliy ahamiyatga ega", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Prezidentning fikricha, Afg‘onistondagi murakkab vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. O‘zbekiston, —dedi Mirziyoyev, — Rossiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari va MDHning boshqa davlatlari bilan hamkorlikda Afg‘oniston muammosini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi.

Shavkat Mirziyoyev MDH borasidagi bahs-munozaralar haqida ham fikr bildirdi. Prezident Hamdo‘stlik o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini to‘liq isbotlaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda tashkilotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, uning xalqaro nufuzini muttasil oshirib borish zarurligi haqida aniq tasavvur mavjud.

"Rossiya Federatsiyasining prinsipial pozitsiyasi tufayli MDHga zarurat bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi munozaralarga "yakuniy nuqta" qo‘yildi. Bu Rossiya MDH faoliyatida, siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishda muhim va asosiy o‘rin egallashini yana bir bor tasdiqlaydi", — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0