00:48 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
1198 0 0

Elektron hisoblash qurilmalari bilan jihozlangan saylov uchastkalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra Sooronbay Jeenbekov 52% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

TOSHKENT, 15 okt – Sputnik. Bugun Qirgʻizistonda prezident saylovi boʻlib oʻtdi. Ayni damda Qirgʻiziston markaziy saylov qoʻmitasi saylovning dastlabki natijalarini eʼlon qildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu natijalar elektron hisoblash qurilmalari bilan jihozlangan saylov uchastkalaridan avtomatik ravishda olingan maʼlumotlarga asoslangan. Yakuniy natijalar barcha byulletenlar hisoblab chiqilganidan keyin eʼlon qilinadi.

Dastlabki hisob-kitoblar quyidagi natijani koʻrsatgan: Sooronbay Jeenbekov — 52,77 %, Omurbek Babanov — 35,62 %, Adaxan Madumarov — 6,54 va Temir Sariyev — 2,82% ovoz toʻplashga muvaffaq boʻlishgan.

Qolgan barcha nomzodlar 1%dan kam ovoz toʻplashgan. Saylovchilarning 0,62 %i — hammaga nomzodlarga qarshi ovoz bergan.  

Markaziy saylov qoʻmitasi rasmiy xabarlariga koʻra, 3 025 768 nafar fuqaro Qirgʻiziston prezident saylovida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan. Saylov kuni soat 17:00 holatida ushbu fuqarolardan 40%, yaʼni 1 213 803 nafari saylovda ishtirok etgan.

Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.

 

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Mavzu boʻyicha

Qirgʻizistonda prezident saylovi

Asosiy mavzular