Elektr va gaz uchun noqonuniy undirilgan 3 mlrd so‘m qaytarildi

© Novosti UzbekistanaGazoviy elektronniy schetchik
Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik elektr va gaz iste’molchilariga oldin noqonuniy undirilgan 3 mlrd so‘m qaytarildi.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi 2,98 mlrd so‘m mablag‘  iste’molchilarga qaytarildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

2017 yilning boshidan buyon Federatsiya elektr va gaz ta’minoti uchun noqonuniy undirilgan to‘lovlar borasida aholidan 8173 ta murojaat olgan. Murojaatlar ko‘rib chiqilib ularning 89 %i ijobiy hal qilingan va iste’molchi foydasiga qaytadan hisob-kitob qilingan.

Veloparad Ledi na velosipede v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Iste’molchi, o‘z haqqingni talab qil!

Aholi murojaatlari orasida eng ko‘pi tabiiy gaz va elektr uchun noqonuniy undirilgan mablag‘larga taaluqli. Undan keyin savdo-sotiq, suv ta’minoti va kommunal xizmatlar sohalariga taaluqli murojaatlar.   

"2017 yilning yanvar-sentabr oylarida Federatsiya iste’molchilar bilan 7,6 mingta uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlar doirasida kommunal xizmatlar sohasiga taaluqli bo‘lgan 2208ta, savdo-sotiq sohasiga taaluqli 1371ta, sog‘liqni saqlash sohasiga doir 576ta, kommunikatsiyalarga doir 240ta, transport xizmatiga doir 307ta, xizmat ko‘rsatish sohasiga oid 242ta, ta’lim sohasiga qarashli 280ta va boshqa yo‘nalishlarga doir 2446ta arizalar qabul qilishgan. 1184ta mmurojaatlar borasida kerakli muassasalarga ularni hal qilish uchun xatlar yuborilgan", — deyilgan Federatsiya tarqatgan rasmiy xabarda.

Federatsiya faoliyatida bu yil "Iste’molchi bilan muloqot" xizmati va fuarolar murojaatlarini qabul qilish uchun virtual qabulxona ochilgan. Undan tashqari iste’molchilar federatsiyaga 1091 raqamli telefon orqali murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0