13:53 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Naruchniki na dveri kleti

Huquq himoyachisi Gʻanixon Mamatxonov ozod etildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Jamiyat
Havola olish
33510

Gʻanixon Mamatxonov qamoqqa olinishidan oldin Fargʻona vodiysida fermerlar huquqlarini himoya qilib, bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi kurashib kelgan

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi huquq himoyachisi Gʻanixon Mamatxonovning ozod etilishi yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda bildirilishicha, bu voqea yaqindagina bir necha vijdon tutqunlari ozodlikka chiqarilishidan keyingi yana bir yangilik boʻlib, u Oʻzbekiston hukumati xalqaro inson huquqlarini himoya qilish andozalariga sodiqligini namoyish etuvchi qoʻshimcha ijobiy qadam boʻldi.

Maʼlumotlarga koʻra, Gʻanixon Mamatxonov 2009 yilda qamoqqa olingan boʻlib, u Fargʻona vodiysida fermerlar huquqlarini himoya qilib, bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi kurashib kelgan.

"Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezident Mirziyoyev olib borayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va inson huquqlari borasidagi islohotlarga boʻlgan sadoqatni qoʻllab-quvvatlovchi kelgusi qadamlarni kutib qoladi", — deyiladi bayonotda.

Asosiy mavzular