23:57 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Izmereniye arterialnogo davleniya

Oʻzbekistonda 500 ga yaqin fuqaro bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
151 0 0

Tibbiy koʻrik Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Aholiga sifatli onkologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish istiqbollari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman doirasida amalga oshiriladi

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Joriy yil 24 oktyabr kuni 500 ga yaqin fuqarolar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtishi mumkin. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Qozon Davlat tibbiyot akademiyasi vrach-onkologi, Yevropa Onkologlar jamiyati ishchi guruhi (ESGO) aʼzosi M.S.Katsyuba hamda Shvetsiyaning ankodiagnostika yoʻnalishidagi "Fujirebio Diagnostics" kompaniyasi xodimi, biologiya fanlari nomzodi I.A.Silinalar fuqarolarni qabul qilishi kutilmoqda.

Tibbiy koʻrik yangi uslublardan biri — onkomarkerlar yordamida oʻtkazish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil aprelda prezident Shavkat Mirziyoyev "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagandi.

Qarorda onkologik kasalliklar tufayli oʻlimni pasaytirish hisobiga aholi hayoti sifatini yaxshilash va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilangan.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston aholisiga onkologik yordam berishni yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga Oʻzbekiston byudjeti mablagʻlaridan 32,5 milliard soʻm hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlari va grantlari hisobiga 144,1 million AQSH dollarini yoʻnaltirish nazarda tutilgan.

Bu esa 100 ming aholiga onkologik kasalliklardan vafot etish koʻrsatkichini 38,7 foizdan 35 foizgacha pasaytirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni oʻsmaga qarshi preparatlar bilan taʼminlashni 33 foizdan 90 foizgacha koʻpaytirish, aholining davolashning yuqori texnologik turlariga boʻlgan ehtiyojini qoplashni 70 foizgacha yetkazish imkonini beradi.

Asosiy mavzular