AQShdagi o‘zbek tadbirkori: 20-yil ichida bu yerda birinchi o‘zbek milliarderini ko‘ramiz

© Facebook / Bobir AkilxanovUzbekskiy predprinimatel Bobir Akilxanov
Uzbekskiy predprinimatel Bobir Akilxanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda yashab mehnat qiladigan o‘zbek tadbirkori Bobir Oqilxonov Sputnik muxbiri bilan suhbatda prezident bilan uchrashuv, bu yerdagi o‘zbeklar hayoti haqida gapirib berdi

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Bobir Oqilxonov 2016-yil mayidan beri AQShda yashaydi, bungacha esa o‘n yil Avstraliyada va olti yil Rossiyada yashagan.

U faoliyatini Avstraliyada boshlagan – ijtimoiy tarmoq yaratgan, so‘ngra bir nechta loyihalar bilan shug‘ullangan, u haqida o‘sha paytda mahalliy matbuotda ham yozishgan.

"Men IT-tadbirkorman, hozirda IT-konsalting bilan shug‘ullanman. Mening ishlab chiqaruvchilardan iborat o‘z jamoam bor. Qayerdadir hamkorlikda ishlayman, yana qayerdadir pudratchi sifatida loyihalar ishlab chiqaman. Shuningdek, blokcheyn va kelajak ozuqasi, ya’ni genetik modifikatsiyalashgan mahsulotlarga qiziqaman", — deydi Oqilxonov.

Albatta, u birdaniga muvaffaqiyatga erishmagan: ayrim loyihalar omadsiz chiqqan, lekin tadbirkor omadsizlik ham biznesning bir bo‘lagi deb hisoblaydi.

"Amerikada menga qiyin bo‘lmadi, chunki ungacha Avstraliyada yashagandim. Turmush o‘rtog‘im va farzandlarim uchun til masalasi qiyin bo‘lgan, men uchun esa ingliz tili ikkinchi ona tilimday gap. Bu yerga kelgan vaqtimda men allaqachon o‘z mijozlarimga ega edim, shunchaki aloqalarni va biznesimni yanada kengaytirish qolgandi xolos", — deydi Bobir.

Uning aytishicha, aynan til masalasi AQShga kelgan o‘zbekistonliklar uchun asosiy muammo bo‘ladi. Shuningdek, uy-joy ijarasi qimmat bo‘lib, buning ustiga migrantlarda umuman mavjud bo‘lmagan kredit tarixiga bog‘langan. Shunga qaramasdan, AQShda ko‘plab o‘zbekistonliklar yashaydi. Oqilxonov taksichilar, tadbirkorlar, shifokorlar, yurist va bankirlar orasida o‘zbekistonliklarni ko‘plab uchratish mumkinligini aytdi. Nyu-Yorkda o‘zbek milliy do‘konlari va restoranlarini ko‘rish yoki Manxettendagi sartaroshxonaga kirib o‘zbek sartaroshini uchratish ham mumkin, hattoki o‘zbeklar istiqomat qiladigan butun boshli tumanlar ham bor.

"Menimcha, yaqin 10-15 yil ichida bu yerda o‘zbekistonliklar soni yanada ko‘payadi. Hozir bu yerda yashayotganlarning farzandlari katta bo‘lishadi, o‘qishadi, ishga kirishadi. Ko‘pi bilan 20-yildan keyin AQShda o‘zbekistonliklardan chiqqan birinchi milliarderni ko‘rsak kerak", — deydi u.

Oqilxonovning aytishicha, vatandoshlar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashadi, AQShdagi barcha turkiy tillarda so‘zlashuvchilarni birlashtiruvchi assotsiatsiya faoliyat ko‘rsatadi, o‘zbek biznes-klublari bor. Festivallar, konsertlar, turli tadbirlar uyushtiriladi. O‘zbekistonliklar an’analarga sodiq qolgan holda norasmiy uchrashuvlar o‘tkazishadi — "gap yeyishadi".

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bizni olib ketgani kelgan ekan - AQShda yashayotgan Nodir Zokirov hikoyasi

Shu yilning sentabrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrifi chog‘ida Nyu-Yorkda vatandoshlar bilan uchrashdi. O‘zbekiston rahbari sharafiga uyushtirilgan kechki ziyofatda Oqilxonov ham ishtirok etdi.

"Taassurotlarim juda yaxshi, ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani bilindi. Mamlakatimiz rahbarlari barcha bilan ochiq va samimiy muloqotda bo‘lishdi", — dedi u.

O‘sha uchrashuvda Mirziyoyev xorijda yashayotgan barcha vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytishga chaqirdi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bobir Oqilxonovning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda Amerikadagi loyihalarini yanada rivojlantirishni ko‘zlab turibdi, kelajakda esa tug‘ilib-o‘sgan yurti O‘zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirgan.

Dilshodbek Asqarov.

Yangiliklar lentasi
0