Jasur mard bola edi, u vrachlar xatosi tufayli hayotdan ko‘z yumdi - Islom To‘laganov

© SputnikIslom Tulaganov
Islom Tulaganov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun o‘tkazilayotgan sud majlisida ayblanuvchi Islombek To‘laganovga himoya nutqini so‘zlash huquqi hamda so‘nggi so‘z berildi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Jasur Ibrohimov o‘limida ayblanib, qamoqqa olingan Islombek To‘laganov 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida himoya nutqini so‘zlar ekan, o‘z advokatlari tomonidan aytilgan barcha gaplarga to‘liq qo‘shilishini ma’lum qildi deb xabar berdi sud zalida bo‘lgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Abdujalil Rasulov - otes Isloma Tulaganova, obvinyayemogo v dele ob ubiystve Jasura Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha Islombek To‘laganovning otasi ko‘rsatma berdi
Eslatib o‘tamiz, bugun bo‘lib o‘tgan sud majlisida jabrlanuvchi va ayblanuvchi tomonlarning advokatlari so‘zga chiqishdi. Jabrlanuvchi tomonning advokati Lola Ismoilova prokuror ayblov xulosalariga e’tiroz bildirib, sudyadan maksimal chora ko‘rishni so‘ragan bo‘lsa, Islombek To‘laganovni himoya qilayotgan ikki nafar advokat o‘z himoyachilarining ro‘y bergan fojiada aybsizligini isbotlashga urindilar hamda sudyadan ayblanuvchini sud zalidayoq ozod qilishni so‘radilar.

Sudya Islombek To‘laganovga himoya nutqini so‘zlash huquqini berdi.

Islom To‘laganov himoya nutqida advokatlari tomonidan aytilgan hamma fikrlarga qo‘shilishini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng ayblanuvchiga so‘nggi so‘z berildi.

"Agar Jasurbekka nisbatan qasdim bo‘lganida, men unga o‘qishning ichidayoq qo‘l ko‘targan bo‘lardim. Men unga javob qaytarardim. Meni ota-onam "Hech kimni hafa qilma, urishma" deb, "Kattalarga izzatda, kichkinalarga hurmatda bo‘l" deb tarbiya bergan.

Men ularning maslahatlariga quloq solganman. 3-may kuni bo‘lib o‘tgan voqeadan judayam qattiq pushaymonman, afsusdaman.

Bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin o‘zimni hech ham kechirolmayman. Hurmatli raislik etuvchi, hurmatli xalq maslahatchilari.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi: prokuror Islom To‘laganov uchun 6-yil so‘radi
Ikkinchi sonli kasalxona vrachlari to‘g‘ri tashxis qo‘yib, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatganida, Jasurbek vafot etmagan bo‘lardi. Jasurbek mard inson edi. U bilan salom-aligimiz yaxshi edi. U yerda 2-sonli (kasalxona) vrachlarining ham aybi juda ko‘p.

Men ekspertiza xulosasi bilan yaxshi tanishib chiqqanman.

Hurmatli raislik etuvchi, xalq maslahatchilari!

Menga jazo tayinlashda, Jasurbekka nisbatan qasdim bo‘lmaganini, fojia bo‘lishini o‘ylamaganim, yoshimni, ilgari sudlanmaganimni inobatga olib, adolatli jazo tayinlashlaringizga ishonaman", — deb o‘z so‘ziga yakun yasadi To‘laganov.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi dushanba, 30-oktabr kuni e’lon qilinadi.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimovni mushtlashuvdan keyin uyiga olib borgan haydovchi qidirilmoqda
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimov shu yilning 1-iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Ushbu jinoiy ish yuzasidan davlat ayblovchisi Baxtiyor Akromov Ibrohimovning o‘limida ayblanayotgan Islombek To‘laganovni O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3 qismi "d" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, Jinoyat Kodeksining 85-moddasiga asosan unga olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, tayinlangan jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashni belgilashini so‘ragan.

Bugungi sud majlisi tafsilotlari Sputnikda yaqin soatlarda yoritiladi.
Yangiliklar lentasi
0