Endi IIV matbuot xizmati OAV va internetni tunu kun kuzatib boradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPolzovateli interneta chitayut sayt WikiLeaks
Polzovateli interneta chitayut sayt WikiLeaks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i materiallarini kuzatib boradi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tizimida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, boshqarma ichki ishlar organlari faoliyatini axborot kuzatuvi ishlarini muvofiqlashtirish, ular mansabdor shaxslarining fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv va brifinglarini, jamoat xavfsizligini ta’minlash va mamlakatda huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
IIV rahbari: O‘zbekistonda hozirda militsiya yo‘q

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilishni ta’minlash, noto‘g‘ri xabar yoki ichki ishlar organlari obro‘siga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildirish boshqarmaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shuningdek, boshqarma huzurida mediamarkaz tashkil etiladi. Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb masalalari haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish bo‘yicha medialoyihalar tayyorlash va amalga oshirish, ularni bajarishda hamkorlik o‘rnatish mediamarkazning vazifasi hisoblanadi. Mamlakatdagi kriminal vaziyat, ichki ishlar organlari faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri va boshqa axborotlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida telekanallarda o‘z vaqtida, keng va ishonchli obyektiv baho berish ham mediamarkaz zimmasiga yuklatiladi.

Ichki ishlar vazirligi 2017-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan jinoyat va voqealarni o‘z vaqtida va ishonchli yoritish tartibini tasdiqlashi, shu jumladan, ichki ishlar organlarining mazkur masalalar bo‘yicha vakolatli mas’ul xodimlarining efirga chiqishlarini tashkil etishi belgilab qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0