Ramzan Qodirov Lenin jasadini ko‘mishni taklif qildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qizil maydondagi Mavzoleydan joy olgan Lenin tanasini ko‘mish borasida qizg‘in bahs-munozaralar Rossiya jamiyatida har yili ko‘tariladi. Ammo shu paytga qadar so‘nggi qaror qabul qilingani yo‘q.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida sovet davlati asoschisi — Lenin jasadini ko‘mishni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ramzan Kadirov posetil Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Imom Al-Buxoriy qabrini ziyorat qildi

Xabarda aytilishicha, Lenin jasadini ko‘mish to‘g‘risidagi qarorni — tarixda eng to‘g‘ri qaror bo‘lishini aytdi. Bu masala Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan hal etilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Qizil maydondagi Mavzoleydan joy olgan Lenin tanasini ko‘mish borasida qizg‘in bahs-munozaralar rus jamiyatida har yili ko‘tariladi. Ammo shu paytga qadar so‘nggi qaror qabul qilingani yo‘q.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu masala bo‘yicha jurnalistlarga izoh berdi. Jumladan, hozirgi kunda Lenin jasadini dafn etish masalasi Kreml kun tartibida yo‘q. Ushbu masala o‘ta dolzarbdir, lekin bu bo‘yicha turli mazmundagi fikrlar mavjud.

Yaqinda Rossiya prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan Kseniya Sobchak va Yekaterina Gordon ham Qizil maydonidan Lenin jasadini olib tashlash taklifini ilgari surishgandi. Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko so‘zlariga ko‘ra, sovet yo‘lboshchisi jasadini ko‘mish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkin, lekin kelgusida.

Yangiliklar lentasi
0