Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazadi

© Sputnik / Vitaliy BelousovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U "O‘zbekenergo" AJ va "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi rahbariyatlari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Haled al-Faleh bugun Toshkent shahrida o‘tkaziladigan MDH Elektr energetika Kengashining navbatdagi 51-yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Elektricheskaya podstansiya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MDH vakillari elektr energetikasi masalalarini ko‘rib chiqishadi

Tashrif dasturiga ko‘ra, u shuningdek, "O‘zbekenergo" AJ va "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi rahbariyatlari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Ilgariroq TIV Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda tegishli vazirliklar rahbarlari, MDHga a’zo davlatlarning energetik kompaniyalari energiya tizimlarida 2017-2018-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishini muhokama qilishlari haqida xabar bergandi.

Bundan tashqari, huquqiy-texnik zaxiraning uyg‘unlashuvi va amaliy yangilanish jihatlari, atrof-muhitni asrash va ko‘p tomonlama munosabatlarning kun tartibidagi boshqa muhim masalalari muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0