Jizzaxda Sharof Rashidov haykali ochildi

© president.uzJizzaxdagi Sharof Rashidov haykali
Jizzaxdagi Sharof Rashidov haykali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haykalini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova ochdi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Jizzaxda, Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi munosabati bilan, atoqli adib va buyuk davlat arbobi – Sharof Rashidov  haykali ochildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga keldi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, adabiyot va san’at namoyandalari, viloyat ahli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yurtdoshlarimiz, chet ellik mehmonlar ishtirok etdi. Sharof Rashidovning farzandlari, do‘stlari, hamkasblari, shogirdlari va boshqa yaqinlari qatnashdi.

Haykal ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidovning xalqimiz manfaatlari yo‘lidagi ulkan xizmatlari haqida nutq so‘zladi.

Xususan, prezident Sharof Rashidovning oddiy xalq orasidan chiqqani, noyob aql-zakovati, mehnatsevarligi va kamtarligi bilan katta obro‘-e’tibor qozongani, xalqimizga sadoqat bilan halol xizmat qilganini esga oldi.

“Bu olijanob, donishmand va bag‘rikeng inson, qanday suronli sinovlarga duch kelgan bo‘lmasin, yuksak gumanistik g‘oyalarga doimo sodiq bo‘lib, xalqimiz qalbida yaxshi nom, so‘nmas xotira qoldirdi”, — dedi Mirziyoyev.

Tadbirda, shuningdek, akademik Oqil Salimov, mehnat faxriysi Ismoil Jo‘rabekov,

Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Sharof Rashidovning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov, mehnat faxriysi Qallibek Kamalov, Sharof Rashidovning qizi, akademik Sayyora Rashidova va boshqalar Sharof Rashidov bilan bog‘liq xotiralari, u kishining hayoti va faoliyati haqida nutq so‘zlashdi.

Haykalini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova ochdi. 

Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi va Sharof Rashidov haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0