Rossiyada aylanma chorrahadan o‘tish qoidalari o‘zgardi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKrugovoe dvijenie v Moskve
Krugovoe dvijenie v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon aylanma chorrahada ichidagi transport vositasi ustuvorlik huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu qoida barcha Yevropa mamlakatlarida amal qiladi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya Hukumatining yangi qaroriga binoan, mamlakatning barcha hududlarida aylanma chorrahadan o‘tish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi.

Bundan buyon, 4.3 yo‘l belgisi bilan belgilangan aylanma chorrahalardan o‘tishda, chorraha ichidagi transport vositasi ustuvorlik huquqiga ega bo‘ladi.

Hukumat vakillari fikriga ko‘ra, yangi qoida aylanma chorrahalardan o‘tish  xavfsizligini oshiradi.

Shuni aytib o‘tish jiozki, ushbu qoida barcha Yevropa mamlakatlarida amal qiladi. Oldin Rossiyaning turli hududlarida aylanma chorrahadan o‘tish qoidalari turlicha edi. Ba’zi hududlarda o‘ng tarafdan kelgan trasnsport vositasini o‘tkazib yuborish yoki ustuvorlik yo‘nalishi qoidalari amal qilar edi.

Yangiliklar lentasi
0