Turkish Airlinesning sobiq vitse-prezidenti "O‘zbekiston havo yo‘llari"da ish boshladi

© Gennady MiskoSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyalik mutaxassis 6-noyabrdan "O‘zbekiston havo yo‘llari"da ish faoliyatini boshlagan

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Turkiyalik mutaxassis O‘rxan Sivrikaya "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egalladi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Dokumenti v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev turkiyalik sobiq deputatni turizm qo‘mitasi raisiga maslahatchi etib tayinladi

Fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha turkiyalik maslahatchini jalb qilish masalasi oktabr oyida O‘zbekiston prezidenti boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiyaga tashrifi chog‘ida ko‘rib chiqilgandi.

Xabarda aytilishicha, turkiyalik mutaxassis 6-noyabrdan "O‘zbekiston havo yo‘llari"da ish faoliyatini boshlagan. U aviakompaniya rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, reyslar jadvalini muvofiqlashtirish va samolyotlar parkini rejalashtirish, marketing va savdo, axborot texnologiyalarini joriy etish masalalari bilan shug‘ullanadi.

O‘rxan Sivrikaya Turkish Airlines aviakompaniyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ilgariroq turkiyalik sobiq deputat Sodiq Badak O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga maslahatchi etib tayinlangani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0