O‘zbekistonga Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari keladi

Obuna bo‘lish
10 noyabr kuni mintaqaning besh davlati tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida ishtirok etadilar

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. 8-9 noyabr kunlari Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand xalqaro anjumaniga 500 nafar xorijiy vakillar keladi

Xabarda bildirilishicha, 10-noyabr kuni mintaqaning besh davlati tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida ishtirok etadilar.

Ular 10-11 noyabr kunlari "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuyidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zlashlari rejalashtirilgan.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yirik xalqaro tadbirda 500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlarining nufuzli rasmiy delegatsiyalari, BMT, YeI, YeXHT, ShHT, MDH, YeTTB kabi 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbariyati, 100 ga yaqin taniqli xalqaro ekspertlar va yetakchi xorijiy OAV vakillari, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus a’zolari qatnashadi.

Yangiliklar lentasi
0