Mirziyoyev: Maqsadimiz – Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyoning boy madaniyati va tarixi, asrlar davomida ahil qo‘shnichilik an’analari shakllanganligi haqida to‘xtalib o‘tar ekan, mintaqa Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik ekanligini e’tirof etdi

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Bugun Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuyida xalqaro konferensiya boshlandi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.

Konferensiya ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Glavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston TIV rahbarlari tarixiy hujjatni imzoladilar

Prezident nutqi avvalida mazkur nufuzli anjumanga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni qutladi.

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyoning boy madaniyati va tarixi, asrlar davomida ahil qo‘shnichilik an’analari shakllanganligi haqida to‘xtalib o‘tar ekan, mintaqa Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik ekanligini e’tirof etdi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoning kelajagi aynan ahillik va o‘zaro hamkorlikka bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

“Maqsadimiz — Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish. Bugun imzolangan O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma bir-biriga qo‘shni bo‘lgan uch mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlikni yanada mustahkamlaydi ”, dedi Mirziyoyev nutqida.

O‘zbekiston prezidenti bugungi anjuman yakunlari doirasida BMTni Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash haqida rezolyutsiya qabul qilishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0