21:32 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Xokimiyat Samarkandskoy oblasti

Turobjon Joʻrayev Samarqand viloyatiga hokim boʻldi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblasti
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
55120

Turobjon Joʻrayev 2017 yil 12 iyun kuni sobiq hokim Himmat Oqboʻtayev oʻrniga Samarqand viloyati hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan edi

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Turobjon Ikromovich Joʻrayev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Turobjon Joʻrayev Moliya vaziri oʻrinbosari, Xalq taʼlimi vaziri sifatida ishlagan (2004-2008 yillar), keyinroq 2008-2011 yillarda Surxondaryo viloyatida hokim boʻlgan.

Joriy yilning aprel oyida Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokim lavozimiga tayinlangandi.

Joʻrayev 12 iyun kuni sobiq hokim Himmat Oqboʻtayev oʻrniga Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan edi.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)

Asosiy mavzular