UAZ O‘zbekiston inkassatsiya xizmatiga 300ta mashina yetkazib berdi

© Press slujba OOO "UAZ"Inkassatori Uzbekistana poluchili novie avtomobili UAZ
Inkassatori Uzbekistana poluchili novie avtomobili UAZ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inkassatsiya xizmati 200 dona "Patriot" va 100 dona "Pikap"ga buyurtma bergan

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Rossiyaning UAZ avtozavodi O‘zbekiston inkassatsiya xizmatiga 300 dona "Patriot" va "Pikap" avtomobillarini yetkazib berdi. Bu haqda avtozavod matbuot xizmati xabar berdi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Piter va Samarada avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Xabarda bildirilishicha, inkassatsiya xizmati 200 dona "Patriot" va 100 dona "Pikap"ga buyurtma bergan.

"Odatda UAZ avtomobillariga asosan O‘zbekiston kuch ishlatish tizimlari va bir qator davlat korxonalari tomonidan talab bo‘lardi. Lekin yaqin kelajakda mamlakat tijorat bozoridagi faoliyatimizni ham kengaytirishga umid qilmoqdamiz", UAZ MChJning eksport bo‘yicha direktori Andrey Dorofeyev.

O‘z navbatida O‘zbekiston "Respublika inkassatsiya xizmati" DUK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Azizxon Hamidov mamlakatda valyuta liberalizatsiyasi islohoti e’lon qilinganidan so‘ng respublika inkassatsiya xizmati zimmasidagi vazifalar hajmi oshganini bildirdi.

Uning aytishicha, respublika Markaziy banki tomonidan foydalanilayotgan UAZ avtomobillari o‘zining ishonchliligi va va chidamliligini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, Ulyanovsk avtozavodi respublikaning raqobatbardosh narxda texnika yetkazib berish bo‘yicha so‘roviga tezkorlik bilan javob beradi.

Yangiliklar lentasi
0