"Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsiya markaziga direktor tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biznes iqlimni yaxshilash orqali axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, IT-sanoat eksportini oshirish ham yangi direktor zimmasida bo‘ladi

TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Farhod Ibragimov "Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsiya markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.

U xususiy sektor bilan hamkorlikni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, biznes iqlimni yaxshilash orqali axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, IT-sanoat eksportini oshirish ham yangi direktor zimmasida bo‘ladi.

Farhod Ibragimov bunga qadar Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi "Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi" DUK direktori bo‘lib ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0