Harbiylarning o‘quv mashg‘uloti muvaffaqiyatli yakunlandi

© Press-slujba Minoboroni RUzVoyennie ucheniya uzbekskix voyennoslujashix
Voyennie ucheniya uzbekskix voyennoslujashix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar oldiga shartli dushman kuchlarini murakkab tog‘ sharoitida yo‘q qilish vazifasi qo‘yildi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Toshkent harbiy okrugidagi dala-o‘quv maydonlaridan birida ko‘rgazmali taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Forish harbiy poligonda O‘zbekiston-Rossiya harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Rossiya harbiy mashg‘ulotlarining eng yorqin lahzalari

Harbiy okrug tasarrufidagi batalon va divizon komandirlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan ko‘rgazmali taktik o‘quv mashg‘uloti avvalida o‘tkazilgan anjumanda slayd va ko‘rgazmali vositalar yordamida batalon taktik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, bo‘linma komandirlarining jangovar harakatlarni boshqarish va ular orasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l yo‘riqlar berildi.

Shundan so‘ng ko‘rgazmali taktik o‘quv mashg‘ulotlari dala o‘quv maydonida tashkil etilgan yigirmaga yaqin o‘quv joylarida davom ettirildi.

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar oldiga shartli dushman kuchlarini murakkab tog‘ sharoitida yo‘q qilish vazifasi qo‘yildi. Bo‘linmalar mazkur vazifani muvaffaqiyat bilan yakunlashdi.

Taktik o‘quvlari so‘ngida mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchilarga okrug qo‘mondonligining faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0