Ashraf G‘ani Mustaqillik maydoni va Hazrat Imom masjidiga tashrif buyurdi

© Press-slujba glavi UzbekistanaV Tashkente Ashraf Gani vozlojil sveti k monumentu Nezavisimosti i gumanizma
V Tashkente Ashraf Gani vozlojil sveti k monumentu Nezavisimosti i gumanizma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston prezidenti Mustqillik maydoni va Xazrat Imom majmuasiga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5-dekabr kuni Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. 

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydonining o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.

© Press-slujba glavi UzbekistanaAshraf G‘ani Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi
Prezident Afganistana vozlojil sveti k monumentu Nezavisimosti i gumanizma - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi
Shundan so‘ng Ashraf G‘ani Hazrati Imom majumasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oliy martabali mehmonga majmua tarixi haqida ma’lumot berildi. 

Afg‘oniston Prezidenti majmuada saqlanayotgan Usmon mushafi va boshqa tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAshrafi G‘ani Hazrat Imom majmuasida
Ashraf Gani v komplekse Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
Ashrafi G‘ani Hazrat Imom majmuasida
Ashraf G‘ani O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan islom dinini o‘rganish, uning asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAshrafi G‘ani Hazrat Imom majmuasida
Ashraf Gani v komplekse Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
Ashrafi G‘ani Hazrat Imom majmuasida

 

Yangiliklar lentasi
0