O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHT kengashida ishtirok etadi

© Sputnik / Taras LarioxinShtab-kvartira Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE)
Shtab-kvartira Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari delegatsiyasi Venada bo‘lib o‘tadigan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti majlisida ishtirok etadi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirlari delegatsiyasi YeXHTning Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan kengashida ishtirok etad, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirlari delegatsiyasi 2017-yilning 7-8 dekabr kunlarida Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 24 majlisida ishtirok etadi”, — deyilgan TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va YeXHT orasida izchil hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan 17-19 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan OAV erkinligiga bag‘ishlangan anjumanda YeXHT vakili Arlem Dezir nutq so‘zlagan edi. Undan so‘ng 10-11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Samarqand Xalqaro anjumanida ham, boshqa nufuzli tashkilotlar qatorida YeXHT vakillari ham ishtirok etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0