HRW: O‘zbekiston inson huquqlari borasida yangi sahifa ochdi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya predstaviteley Human Rights Watch na temu: «Avgustovskiy konflikt na Yujnom Kavkaze i prava cheloveka”
Press-konferensiya predstaviteley Human Rights Watch na temu: «Avgustovskiy konflikt na Yujnom Kavkaze i prava cheloveka” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Human Rights Watch tashkiloti O‘zbekiston qamoqxonalaridan 16 nafar siyosiy mahbusning ozod qilinishini olg‘a siljish deb atadi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. So‘nggi vaqtda Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida nozik mavzular bo‘yicha muloqot o‘rnatishga erishildi.

HRWning Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlovning Podrobno.uz muxbiriga aytishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tashkilotning mamlakatdagi faoliyati kengayishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Naruchniki na dveri kleti - Sputnik O‘zbekiston
Huquq himoyachisi G‘anixon Mamatxonov ozod etildi

Toshkentda Human Rights Watch (HRW, "Inson huquqlari qo‘riqchisi") ofisi 1996-yilda ochilgandi. Ammo 2010-yil dekabrda O‘zbekiston Adliya vazirligi HRW vakolatxonasini yopish bo‘yicha Oliy sudga da’vo kiritgan. 2011-yil iyunda da’vo qondirilgan.

Yetti yillik tanaffusdan so‘ng hukumat HRW delegatsiyaga mamlakatga kirishga ijozat berdi va ular "ilgari bo‘lmagan ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni" o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga imkon yaratildi.

"Biz Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida keyingi 14 oyda qilingan sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirish va davom ettirish borasida tavsiyalar beramiz", — dedi Sverdlov.

Islohotlarni baholash

Tashkilot Mirziyoyevning mamlakatda Inson huquqlari bo‘yicha BMT oliy komissari vakolatxonasini ochish taklifini olqishlaydi.

"Shuni aytishni istardimki, qator muzokaralardan so‘ng zamon darhaqiqat o‘zgaribdi. Menga hech kim: "Stiv, agar bu yerda ishlashni istasangiz, kamroq tanqid qiling", demadi. Bizning ishimizga hech qanday aralashuv bo‘lmadi. Albatta, biz O‘zbekiston qonunchiligini hurmat qilamiz va mandatimiz doirasida ish olib boramiz: ishlayotgan mamlakatimizda inson huquqlarini o‘rganamiz, tavsiyalar beramiz. Shu sababli o‘zbek tilini o‘rganmoqdaman va suhbatdoshlarim holatini yaxshiroq tushunishga harakat qilmoqdaman", — dedi HRW eksperti.

Verxovniy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Stiv Sverdlovning fikricha, o‘zbek jamiyati hayotida o‘zgarishlar yuz berganini ifodalovchi uch asosiy jihat mavjud. U birinchi navbatda prezident qabulxonalari tufayli odamlarda muammolarni samaraliroq hal etish imkoniyati paydo bo‘lganini qayd etdi. Shuningdek, siyosiy faollarning ozod qilinishi va mahalliy OAV faoliyatidagi o‘zgarishlar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Shu bois HRWning O‘zbekiston haqidagi so‘nggi hisobotlari ikki yil ilgarigisidan ancha farq qiladi.

"Tilga oladigan ijobiy jihatlar bor. Biz yangi hukumat va fuqarolar orasidagi bo‘shliq kamayib borayotganligini kuzatmoqdamiz. Bu jarayonga ayniqsa prezidentning virtual qabulxonasi katta ta’sir ko‘rsatmoqda", — dedi suhbatdosh.

Sverdlov O‘zbekiston hukumati xalqqa quloq sola boshladi, deb hisoblaydi. Prezidentning amaldorlar xalqqa yaqin bo‘lishi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari kerakligi haqidagi so‘zlari davlat rahbarining hokimiyat vakillari qanday ishlashlari lozimligi haqida yaqqol qarashga ega ekanligini ko‘rsatadi.

"Bu haqda ilgari ham gapirilgan, lekin hozir amalda ko‘rinmoqda", — dedi u.

Zayd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar O‘zbekistonni olqishladi

HRWning hisobotiga ko‘ra, keyingi 14 oy davomida O‘zbekistonda 16 nafar siyosiy faol qamoqxonalardan ozod qilingan. Bu oldinga siljish deb baholanmoqda.

"Bu ahamiyatga ega raqam. Biz hukumat bilan "siyosiy mahbus" atamasi borasida ham muloqotga kirishganmiz. Bu hukumat uchun nozik masala ekanligini tushunamiz, lekin ular mana shunday mavzu bo‘yicha ham biz bilan muloqot olib borayotganidan mamnunmiz. Bu sud tizimini kuzatib borayotgan insonlarga umid bag‘ishlaydi", — dedi Sverdlov.

Tashkilot oldinga siljish bo‘layotganini ko‘rayotgan uchinchi soha bu dolzarb mavzularni yorita boshlagan OAV faoliyatidir. Masalan, jonli efirlarda paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ko‘rsatuvlar berildi.

Tanqidiy ovoz

HRW o‘zining mustaqil maqomga ega ekanligini, inson huquqlari sohasidagi tadqiqotlarga xalal berishi mumkinligi bois hech qanday hukumat tuzilma tomonidan moliyalashtirilmasligini ta’kidlaydi.

Press-konferensiya predstaviteley Human Rights Watch na temu: «Avgustovskiy konflikt na Yujnom Kavkaze i prava cheloveka” - Sputnik O‘zbekiston
Saidov: Human Rights Watch O‘zbekistonda hozircha ofis ocha olmaydi

"Bizning ofisimiz Nyu-Yorkda joylashgan, lekin biz Amerika tashkiloti emasmiz, biz haqiqatan Amerika yoki boshqa davlat hukumatidan mustaqil tashkilotmiz va inson huquqlari haqida bong uruvchi tanqidiy ovoz bo‘lib qolamiz", — dedi suhbatdosh.

HRW ofisi

Muloqot o‘rnatilganidan so‘ng tashkilot sermahsul hamkorlik davom etishiga umid qilmoqda. Shu bois hamkorlikda Oliy sud qarori masalasi o‘rganilmoqda.

Sverdlovning fikricha, turli uchrashuv va muzokaralar davomida O‘zbekiston hukumati HRWga mamlakatda muntazam asosda faoliyat olib borishi uchun imkoniyat yaratib berish borasida siyosiy irodasini namoyish etdi.

Ofisning ochilishi yangi siyosiy muhitda qanday qaror qabul qilishni o‘ylayotgan boshqa tashkilotlar uchun muhim voqea bo‘ladi. Sverdlov har ikki tomon mavjud to‘siqlar bartaraf etilishi uchun hamkorlikda ish olib borishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0