TOShKENT, 7 dek – Sputnik. UzCard 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab DUET kartalar bo‘yicha tranzaksiyalarni to‘xtatadi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi xabar qilmoqda.
Markazning bildirishicha, "UzCard" banklararo to‘lov tizimi joriy yilning 3-choragida DUET ("offlayn") kartalar orqali amalga oshirilgan banklararo tranzaksiyalarning umumiy soni 14,2 ming tranzaksiyadan iborat bo‘lib, 16,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. O‘tgan yilning shu vaqt oralig‘ida banklararo tranzaksiyalarning umumiy soni 1,9 mln. bo‘lib, miqdori esa 1,06 trln. so‘mni ni tashkil qilgan.
"Qayd etilgan ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, UzCard 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab, DUET kartalar bo‘yicha tranzaksiyalarni to‘xtatishga qaror qildi", deyiladi markaz xabarida.
Markazning ma’lum qilishicha, joriy yilning 3-choragida mamlakat bo‘ylab 1,4 mln. plastik karta ishlab chiqarilgan. Bu 2-chorak ko‘rsatkichidan 54,2 % ko‘p demakdir.