Noyabrda nimaning narxi qanchaga oshdi – statistika qo‘mitasi ma’lumoti

Obuna bo‘lish
Noyabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o‘rtacha 2%ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,5, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,4 va xizmatlar 0,5%ga ko‘tarilgan

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston iste’mol sektorida noyabr oyi uchun inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, noyabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o‘rtacha 2%ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,5%ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,4%ga va xizmatlar 0,5%ga ko‘tarilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 1,5%ga oshib, iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sish darajasiga 0,7 foiz darajasida ta’sir etdi. 2016-yilning noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 0,8%ga qimmatlashgan.

Na odnom iz tashkentskix bazarov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining cheklangan narxlari belgilandi

Ma’lumotda qayd etilishicha, pomidor va bodring mahsulotlari narxlari birmuncha sezilarli darajada – 60,6% va 54,0%ga, uzum – 19,8%ga, olma – 14,1%ga qimmatlashdi. Shu bilan birga, sabzi – 17,2%ga, piyoz – 13,9%ga, karam – 12,9%ga va kartoshka – 1,1%ga arzonlashdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlar oy davomida o‘rtacha 3,4%ga qimmatlashishi iste’mol narxlari indeksi o‘sish darajasiga 1,2 foiz darajasida ta’sir etdi. 2016-yil noyabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlarning o‘sish sur’ati 1,8%ni tashkil etgan.

Narxlarning o‘sish darajasiga asosan benzin mahsulotiga bo‘lgan yangi narxlarning joriy qilinishi sabab bo‘ldi (narxlarning o‘rtacha o‘sish sur’ati 39,7%), bu esa iste’mol narxlari indeksi o‘sishiga 0,5%ga ta’sir etdi.

Dori-darmonlar 4,8%, kiyim —  2,9%, oyoq kiyim — 2,2%, shaxsiy gigiyena mahsulotlari —2,1%ga qimmatlashgan.

Noyabr oyida aholi uchun pullik xizmatlar sohasi 0,5% ga o‘sdi. Bu esa iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sishida 0,1% foiz darajasida ta’sir qildi. 2016-yilning noyabr oyida xizmatlar sohasi tarifi 0,4% ga oshgan.

Ushbu sohada asosiy inflyatsion omil sifatida maishiy xizmat tariflari 2% ga va chet tili o‘quv kuslari uchun to‘lovlar 2,2% ga qimmatlashdi.

Yangiliklar lentasi
0