Mirziyoyev: 2018-yil nomi barchaga yoqadigan bo‘ladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil nomi haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2018-yil nomi xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1997-yildan buyon Konstitutsiya kuni arafasida kirib keladigan yangi yilni nomlash an’anaga aylangandi. Biroq, bu yilgi Konstitutsiya kuni tantanasida 2018-yilga nom berilmadi.

Situatsiya posle viborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Davlat hokimiyatida shiorlar almashmoqda
Tadbir avvalida prezident yangi yil nomlanishi bilan bog‘liq masalaga to‘xtalib o‘tdi.

Mirziyoyev yig‘ilganlarga murojaat qilar ekan, "barchangizni albatta, kelgusi yilga qanday nom berilar ekan, degan savol qiziqtirapti. Bu hamma uchun qiziq. Albatta, kelgusi yilga nom beriladi va bu nom barchaga yoqadigan nom bo‘ladi", — dedi.

O‘zbekiston prezidentining bu ta’kidi tadbirga o‘ziga xos intriga bag‘ishladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda yangi yilning nomlanishi borasida qizg‘in bahs ketmoqda.

Ayrim guruhlarda, hatto, bu borada go‘yoki hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlari e’lon qilinishga ulgurdi.

Xususan, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida "2018 yil — Yoshlarni rahbarlikka tayinlash va ularni qo‘llab quvvatlash yili" bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaning 25-yilligiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston prezidenti 2018 yil berish borasida yaqin kunlarda Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladigan Murojaatnomasida ma’lum qilishini aytib o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0