Samarqandda yangi yil bayrami o‘zgacha o‘tkaziladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishNovogodnyaya yel
Novogodnyaya yel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahardagi yo‘lovchi tashish transportlari, haydovchilaridan 200 nafari yangi yil bayrami qahramonlari qiyofasida kiyintiriladi, transport vositalari esa bayram ruhiga mos suratlar bilan bezatiladi

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Samarqandda yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, deb xabar beradi "Zarafshon" gazetasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Xabar qilinishicha, Samarqand shahar ko‘chalarini bayramga mos ravishda bezash, ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari boshlandi. Har bir korxona-tashkilot va muassasalarda, bino va inshootlarda shior hamda tabriklar yozish, tungi illyuminatsiyalarni o‘rnatish, binolar fasadlari va oynalariga bayram ruhini aks ettiruvchi turli shakllar chizish, har bir korxonaning fasadi va kirish qismida archa o‘rnatish, chorrahalardagi archalarni bezatish va boshqa ishlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Noviy god - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yilda 5 kun dam olish kuni bo‘lishi mumkin

Shuningdek, bayram arafasida keng jamoatchilikni jalb qilgan holda "Eng chiroyli bezatilgan archa", "Eng chiroyli bino" va "Eng namunali ko‘cha" nominatsiyalari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Shahardagi yo‘lovchi tashish transportlari, haydovchilaridan 200 nafari yangi yil bayrami qahramonlari qiyofasida kiyintiriladi, transport vositalari esa bayram ruhiga mos suratlar bilan bezatiladi.

Viloyatning shahar va tumanlarida ham xuddi shunday tadbirlar amalga oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi

Bu yil bayram tadbirlari Samarqand shahrining 6 ta joyida: viloyat musiqali drama teatri va temiryo‘l vokzali oldidagi maydonlarda, Sartepo maskani (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litsey oldidagi maydon)da, Kimogarlar shaharchasi ("Dilshod" restorani oldidagi maydon)da, So‘lim shaharchasi (2-son zamonaviy madaniyat va dam olish markazi binosi oldidagi maydon)da hamda Farhod shaharchasi ("Zarafshon" istirohat bog‘i)da tashkil etiladi.

Bu maydonlarda archa konstruksiyasi o‘rnatilib, o‘yinchoqlar hamda tungi illyuminatsion chiroqlari bilan bezatiladi. Archa atrofida teatrlashgan tomoshalarning ssenariysi ishlab chiqiladi, san’atkorlarning chiqishlari tashkil qilinadi. Shuningdek, maydon atrofidagi bino va inshootlar ham bayram ruhiga mos ravishda bezatiladi.

Barcha hududdagi archalar atrofidagi sahnalarda 2017-yilning 20-dekabridan 2018-yilning 10-yanvarigacha konsert dasturlari tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0