23:30 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Linii elektroperedach (LEP)

Tojikiston ham Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni moʻljallamoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev
Jamiyat
Havola olish
623 0 0

Tojikistonda 2017 yilda 18 milliard kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlib, bu mamlakatni elektr bilan cheklovlarsiz taʼminlash imkonini berdi

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Tojikiston 2018 yil yozidan Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin, dedi mamlakat energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda.

U Tojikistonning 2009 yil noyabrda Markaziy Osiyo Umumiy elektr energiya tizimi (UET)dan chiqqanidan soʻng Tojikiston va Oʻzbekiston energiya tizimlarida sezilarli oʻzgarishlar yuz berganini eslatdi, deb yozadi  Sputnik Tojikiston.

Ammo bugunga kelib respublikalar UETni tiklashni rejalashtirgan. Buning uchun, vazirning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston mamlakat janubini Tojikiston bilan bogʻlaydigan 60 kilometrli elektr uzatish liniyalarini tiklashi lozim.

Usmonzodaning maʼlum qilishicha, Tojikistonda 2017 yilda 18 milliard kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlib, bu mamlakatni elektr bilan cheklovlarsiz taʼminlash imkonini berdi.

Asosiy mavzular