09:45 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
306990

Namoyish oʻziga xos shou tarzida boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Toshkentda chorshanba kuni oʻzbek armiyasi tarixida ilk marta mavjud jangovar texnika namoyishi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Namoyishda Amerika zirhli mashinalari diqqat markazida boʻldi. 320 birlikdan iborat mazkur texnika Oʻzbekistonga AQSH armiyasi tomonidan 2015 yilda begʻaraz asosda berilgandi.

Bundan tashqari, mamlakat qurolli kuchlariga qarashli, GAZ-66 va Zil-131 negizidagi taktik-texnik mashinalar, BTR-80 zirhli mashinasi, 120-millimetrli gaubitsa, 23-millimetrli qoʻshaloq zenit qurilmasi, 120-millimetrli oʻziyurar aviadesant qurilmasi namoyish qilindi.

Voyennoslujaщiy VS RUz
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Voyennoslujaщiy VS RUz

Shuningdek, maxsus vazifalar bajaruvchi askarlar ham ommaning alohida qiziqishiga sazovor boʻldi. Bu yerda shuningdek, dala oshxonasi ham faoliyat koʻrsatdi va sovuq qotgan tomoshabinlarga issiq choy tarqatildi.

Namoyish oʻziga xos shou tarzida boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston armiyasi boʻlinmalari safda yurish, qoʻl jangi texnikasi, oʻqotar qurollardan foydalanishdagi mahoratlarini koʻrsatib berishdi.

Bundan tashqari, 30-millimetrli avtomatik granatomyot, Rossiyada ishlab chiqarilgan yirik kalibrli oʻzi oʻqlanuvchi OSV-96 snayper vintovkasi, Dragunov snayper vintovkasi hamda dunyoga mashhur AK-47 avtomati va tankka qarshi koʻp marta qoʻllaniluvchi RPG-7 granatomyotlari namoyish qilindi.

Posetiteli voyennoy vыstavki
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Posetiteli voyennoy vыstavki

Eslatib oʻtamiz, ushbu aktsiya Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida oʻtkazildi.

Jahon xalqaro institutlari muntazam ravishda chop etiladigan maʼruza va hisobotlarida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarini MDHdagi eng kchli armiyalardan biri deb ataydi. Misol uchun, Global Firepower ekspertlarining oxirgi tadqiqotlariga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng qudratli harbiy kuchga ega davlat sifatida qayd etilgan.

Asosiy mavzular