Mirziyoyev O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilariga 20 ta uy ajratdi

© Foto: press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari uchun Toshkent shahridan 20ta uy ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar berdi.

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Davlat rahbari universitetda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘qituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi.

Talabalar auditoriyada - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 300 nafar talaba qabul qilinadi

Shavkat Mirziyoyev Navoiy asarlarining multimediaviy lug‘atini yaratib, xalqqa yetkazish, ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, o‘zbek adabiyoti namunalarini chet tillarga tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishingiz kerak", dedi Shavkat Mirziyoyev universitet mutaxassislari bilan suhbatda.

Prezident ularning ijtimoiy sharoitlari bilan ham qiziqdi. Universitet o‘qituvchilari uchun Toshkent shahridan 20 uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mazkur universitet Birinchi Prezident Islom Karimovning 2016-yil 13-maydagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasasida uch fakultet, o‘n ikkita kafedra mavjud.

O‘tgan vaqt mobaynida ushbu oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan o‘quv binolari kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi. Bugun universitetda 1 ming 100 talaba tahsil olmoqda, ularga fan doktorlari va PhD darajasiga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat o‘qituvchilar jamoasi dars bermoqda.

Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida mazkur universitet binolari foydalanishga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0