01:49 22 Aprel 2018
Efir
Inostrannыe rabochiye

Mehnat vazirligi 2018 yildagi rejalarini eʼlon qildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Jamiyat
Havola olish
73320

Mehnat vazirligi 2018 yilga katta rejalar bilan kirib kelmoqda. Vazirlik joriy yil uchun oʻz Dastur loyihasini eʼlon qildi: unga koʻra, ishsizlar sonini kamaytirish, kam taʼminlangan ayollarga yordam koʻrsatish va malakali kadrlarni Oʻzbekistonda qoldirish masalalari boʻyicha vazifalar belgilangan

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. 2018 yil 6 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan oʻtgan yil yakunlari hisoboti va 2018 yilgi eng muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish toʻgʻrisida vazirlik Hayʼatining kengaytirilgan majlis yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda 2018 yilda amalga oshiriladigan ishlar "Yoʻl xaritasi"ni tasdiqlash masalasi, vazirlik faoliyatining 2017 yilning yakunlari va 2018 yilda moʻljallangan birinchi chorak vazifalari va boshqa masalalar muhokama etilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018 yil dastur loyihasi ishlab chiqilgan.

Vazirlik oʻz oldiga quyidagi vazifalarni belgilab olgan:

"Davlat xizmati toʻgʻrisida", "Aholi bandligiga koʻmaklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) toʻgʻrisida", "Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida" qonunlar ishlab chiqiladi.

"Davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy taʼminotini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida", "2018 yilda aholi bandligiga koʻmaklashish Davlat dasturi toʻgʻrisida", "Yuqori malakali kadrlarni chet elga ketib qolishining oldini olish, ularni davlat xizmatiga, iqtisodiyot tarmoqlariga keng jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida" va "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elda tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish tizimi va mehnat organlari tarkibini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Oʻzbekiston prezidentining qarori loyihalari yaratiladi.

Shu bilan birgalikda, ijtimoiy sharoiti ogʻir ayollarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati aʼzolari tomonidan bajarilgan topshiriqlarga tanqidiy eʼtibor berish va qoʻyilgan vazifalarni va topshiriqlarni oʻz muddatida belgilangan tartibda bajarishni belgilagan.

Asosiy mavzular