21:22 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
109130

Unga koʻra, aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar miqdorining,shu jumladan hududlar kesimida "yashash minimumi" va "isteʼmol savatchasi"ga mutanosibligi taʼminlanadi

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda "yashash minimumi" va "isteʼmol savatchasi" tushunchalari hamda ularni aniqlash mezonlari joriy etiladi.

Bu 9 yanvardan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Ushbu tadbir orqali aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan daromadlarni aniqlash boʻyicha "yashash minimumi" va "isteʼmol savatchasi"ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish koʻzda tutilgan.

Unga koʻra, aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar miqdorining,shu jumladan hududlar kesimida "yashash minimumi" va "isteʼmol savatchasi"ga mutanosibligi taʼminlanadi.

Asosiy mavzular