18:55 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Pokazatelnыe vыstupleniya v ramkax aktsii Natsionalnaya armiya — shkola mujestva, stoykosti i podviga molodeji!

Mudofaa vazirligi armiyaga chaqiriladigan yoshlar sogʻligʻiga boʻlgan talablarni eʼlon qildi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
99510

Muddatli harbiy xizmatga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxatiga jami 96 kasallik va nuqsonlar kiritilgan

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlar sogʻligʻiga boʻlgan talablarni eʼlon qildi.

Maʼlum qilinishicha, chaqiriluvchilarni tibbiy guvohlantirish uch bosqichdan iborat boʻlib, birlamchi guvohlantirish shahar, tuman mudofaa ishlari boʻlimlarining tibbiy komissiyalarida, takroriy guvohlantirish — viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) mudofaa ishlari boshqarmalarining tibbiy komissiyalarida hamda nazorat tarzida guvohlantirish garnizonlar harbiy-tibbiy komissiyalarida amalga oshiriladi.

Majburiy boʻlgan tahlillar va tibbiy tekshiruvlarga quyidagilar kiradi:

1. Umumiy qon tahlili (ECHT, leykotsitlar, gemoglobin, eritrotsitlar).

2. Umumiy peshob tahlili.

3. Axlat tahlili (gijja tuxumlari aniqlovchi tekshiruvi bilan)

4. EKG.

5. FGDS.

6. Ichki aʼzolarning ultratovush tekshiruvi (UTT).

7. Koʻkrak qafasi aʼzolarining flyuorografiyasi (tekshiriluvchining familiyasi, ismi sharifi hamda tekshiruvning tartib raqami va oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi).

Qon guruhi va rezus-faktori harbiy guvohnomaga yozilishi lozim.

Tibbiy koʻrik vaqtida albatta jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, oftalmolog, otorinolaringolog, teri-tanosil kasalliklari shifokori, stomatolog xulosasi boʻlishi shartligi koʻrsatilgan.

Zaruriyat tugʻilgan holatlarda boshqa mutaxassislikdagi shifokorlar jalb etilishi mumkin.

Muddatli harbiy xizmatga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxatiga jami 96 kasallik va nuqsonlar kiritilgan.

Asosiy mavzular