“Jahon” axborot agentligi o‘rnida yangi bo‘lim tuziladi

© SputnikSayt informatsionnogo agentstva "Jaxon"
Sayt informatsionnogo agentstva Jaxon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Jahon” axborot agentligi asosida zamonaviy media-markaz hamda jamoatchilik va OAVlar bilan aloqa qiluvchi yangi bo‘lim tashkil etiladi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan majlisda vazirlik huzuridagi “Jahon” axborot agentligi faoliyatini tubdan yangilanishi haqida gapirdi.

Xususan prezident, “Jahon” axborot agentligi bugungi kunda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarning uddasidan chiqa olmayotganini va shu munosabat bilan, axborot-agentligi asosida yangi media-markaz tashkil qilishni taklif qildi.

Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi huzurida jamoatchilik va OAV bilan aloqa qilish bo‘yicha yangi bo‘lim tashkil qilish haqida gapirdi. Prezident aytishiga qaraganda yangi bo‘lim boshlig‘i Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili – mamlakat tashqi siyosatining jarchisi bo‘lishi kerak.

Ushbu ishlarni tashkil qilish Bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmuradovga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0