01:34 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
40020

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2015 yil 1 oktyabr holatiga respublikada 32,5 mingdan ortiq OIV infektsiyali bemorlar roʻyxatga olingan

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Xavfli guruhlar orasida olib borilayotgan OIV infektsiya profilaktik tadbirlar, shu jumladan 2018 yilda mehnat migrantlar orasida ham joriy etiladi. Ushbu masalada kuni kecha prezident qarori mahalliy OAVlarda eʼlon qilindi.

"Bir oy muddatda OIV infektsiyasi yuqish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar, xususan, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari xodimlari orasida OIV infektsiyasining profilaktikasi boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish shartligini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin", — deyilgan prezident qarorida.

Prezident OIV infektsiyasi va qoʻshimcha kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun zarur boʻlgan diagnostikumlar va test-sistemalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kirish haqida topshiriqlar berdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2015 yil 1 oktyabr holatiga respublikada 32,5 mingdan ortiq OIV infektsiyali bemorlar roʻyxatga olingan.

Asosiy mavzular