05:42 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Ravon Motors Osh

"Aloqabank" aholiga avtomobil sotib olish uchun kredit beradi

© Fb
Jamiyat
Havola olish
15567248

Kredit muddati 4 yilgacha boʻlib, kredit foizi yillik 20%ga teng

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. "Aloqabank" jismoniy shaxslarga birlamchi bozordan GM Uzbekistanning rasmiy dilerlaridan avtomobil xarid qilish uchun avtokredit beradi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Kredit olish uchun avtomobil narxining 30%idan kam boʻlmagan miqdorda garov depoziti boʻlishi talab qilinadi. Kredit muddati 4 yilgacha boʻlib, kredit foizi yillik 20%ga teng.

Garov depoziti va kredit foizlaridan tashqari, xaridor yana bir xarajat qilishiga toʻgʻri keladi. Yaʼni 50 mln soʻmdan 80 mln soʻmgacha kredit uchun eng kam ish haqining 5 baravari, 80-120 mln soʻmgacha kredit uchun eng kam ish haqining 7 baravari, 120-150 mln soʻmlik kredit uchun eng kam ish haqining 9 baravari va 150 mln soʻmdan ortiq kredit uchun eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida komissiya haqi olinadi.

Kreditni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: mahalladan yashash joyi toʻgʻrisida (oila aʼzolari koʻrsatilgan holda), ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, pasport, mehnat daftarchasi va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi, STIR (INN) nusxalari, avtomashina narxining 30 foizi miqdorida omonat garovi toʻlanganligi haqida maʼlumotnoma va GM Uzbekistan rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Avtokreditlar "Aloqabank"ning barcha filiallarida beriladi.

Asosiy mavzular