Moskvada yong‘indan odam qutqargan o‘zbekistonlik yigit og‘ir ahvolda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMashina reanimatsii vo vremya snegopada na Tverskoy ulitse v Moskve
Mashina reanimatsii vo vremya snegopada na Tverskoy ulitse v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda Nuriddin og‘ir ahvolda Pushkinodagi kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida yotibdi. U faqat sun’iy nafas olish uskunasi yordamida nafas olmoqda.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. “Xalq bilan muloqot” guruhida joylashtirilgan videolavhada o‘zbekistonlik ayol Rossiyaga og‘ir ahvolda kasalxonada yotgan ukasini o‘limdan saqlab qolish uchun kelganini aytib berdi.

Ayol aytishiga qaraganda, uning ukasi Kirgizov Nuriddin, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidan Moskva viloyati Pushkin tumani Sofrino posolkasida ishlashga kelgan.

Pojarniy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Sovuq havoda yong‘in xavfsizligini unutmang – YoXB ogohlantiruvi

Voqea bir necha kun oldin sodir bo‘lgan. Tunda tashqariga chiqqan Nuriddin, posolkadagi uylarning biri yonayotganini ko‘rib qolgan. Yong‘in bo‘layotgan joyga yetib kelib uy ichida qari ayol borligini ko‘rgan va unga yordam berish uchun uy ichiga kirgan. Ayolni tashqariga olib chiqayotib o‘zi olov ichida qolib ketgan.  

Ayni damda Nuriddin og‘ir ahvolda Pushkinodagi kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida yotibdi. U faqat sun’iy nafas olish uskunasi yordamida nafas olmoqda. Shifokorla aytishiga ko‘ra, uni bu ahvolda O‘zbekistonga olib ketishning iloji yo‘q ekan.

Moskvadagi kuyish kasalliklarini davolash ixtisoslashgan markaz shifokorlari Nuriddinni davolash uchun 2 million rubl so‘rashayapti ekan.

Sputnik ushbu voqeani kuzatib boradi.

Yangiliklar lentasi
0