"Qayoqqa borsang, bor": Marg‘ilon shahar hokimligi tadbirkorlar sonini qisqartirish bilan band

© Foto, iz lichnogo arxiva predpriyatiyaSemeynoe predpriyatie "Firdavs-shodlik"
Semeynoe predpriyatie Firdavs-shodlik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Oilaviy non ishlab chiqarish korxonamizni tugatish arafasiga kelib qolganmiz. Hokimlik o‘tgan yil may oyidan so‘ng biron sababsiz un berishni to‘xtatgan. Murojaat qilganimizda: "Senga o‘xshagan tadbirkorlar ko‘payib ketgan, qayoqqa borsang bor", degan javobni oldik...", Sputnik tahririyatiga Zarifa Dadajonova tomonidan yo‘llangan maktubdan

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan marg‘ilonlik Zarifa Dadajonova Sputnik tahririyatiga yo‘llagan maktubida nohaqlikka duch kelayotgani, korxonasi yopilish arafasiga kelib qolgani, yordam so‘rab qilgan murojaatlaridan esa hech qanday naf bo‘lmaganini bayon etgan.

© Foto : iz lichnogo arxiva predpriyatiyaSemeynoe predpriyatie "Firdavs-shodlik"
Semeynoe predpriyatie Firdavs-shodlik  - Sputnik O‘zbekiston
Semeynoe predpriyatie "Firdavs-shodlik"

Ma’lum bo‘lishicha, ayol bo‘lka non ishlab-chiqarish korxonasini ochgan. Korxonani yurg‘izib turish uchun hokimlikdan har oy 2-3 tonna un olib kelingan. Ammo o‘tgan yilning may oyidan so‘ng un yetkazib berish hech bir ogohlantirishsiz va sababsiz to‘xtatilgan.

Posetiteli rasmatrivayut futbolki na Mejdunarodnoy xlopkovoy vistavke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: tadbirkorning rivojlanishiga davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapti
"Biz 2016-yil avgust oyida shahar yagona darcha markazida davlat ro‘yxatidan o‘tib, "Firdavs shodlik" oilaviy korxonasini tashkil qildik. Korxonamizda 8 nafar ishchi xodim bo‘lib, qolipli non ishlab chiqariladi. 2016-yil dekabr oyidan 2017-yil may oyigacha dislokatsiya asosida ajratiladigan un fondidan korxonamizga 2-3 tonnadan un berildi. May oyidan un ajratilishi sababsiz to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqida hokim o‘rinbosariga murojaat qilganimizda, tadbirkor ko‘payib ketganini, bizga keyingi oydan un berilishini aytib, bizni ishontirdi. Lekin keyingi oylarda ham bizga un berilmadi", — deb yozadi Zarifa Dadajonova tahririyatga yo‘llagan maktubida.

Tadbirkor ayolning yozishicha, 2017-yil iyul oyida prezident Xalq qabulxonasiga ariza bilan murojaat qilgach, uni hokimiyatga chaqirib, kelasi oydan aniq un berilishini va’da qilishgan va arizani yopish uchun tushuntirish xati yozdirib olishgan.

"Xalq qabulxonasidan arizaga olgan javobimizda bizga uzluksiz 3 tonnadan un berilayotgani, kelasi oydan un miqdori ko‘paytirib berilishi, hozirda shaharga ajratilayotgan un fondi 260 tonna xolosligi, tadbirkorlar 40 nafardan ko‘pligi aytilgan. Vaholanki bizga un berilishi bir necha oy oldin to‘xtatilgan…", — deydi maktubi davomida tadbirkor.

© SputnikMargilon hokimiyati xati
Margilon hokimiyati xati - Sputnik O‘zbekiston
Margilon hokimiyati xati

Ayol o‘z maktubi davomida Xalq qabulxonasiga yozgan arizasi ham natijasiz qolganini, shu bilan 8 oy davomida har oyda hokimiyatdan "keyingi oyda beramiz" degan va’da bilan qaytib kelayotganini qo‘shimcha qilgan.

Chet elga ketamiz

"2017 yil oxirida yana hokim o‘rinbosariga borib, agar bizga un bermasa korxonamizni yopishga majbur bo‘lishimizni aytganman.

© Foto, iz lichnogo arxiva predpriyatiyaSemeynoe predpriyatie "Firdavs-shodlik"
Semeynoe predpriyatie Firdavs-shodlik - Sputnik O‘zbekiston
Semeynoe predpriyatie "Firdavs-shodlik"

2016 yil dekabr oyida bankdan aylanma mablag‘ uchun 26% foizdan bir yil muddatga 20 000 000 so‘m kredit olib, un fondi yetmaganligi sababli, bozordan baland narxda un sotib olib, ish yuritishga majbur bo‘lganmiz. Okibatda ishlab chiqarish o‘zini qoplamay, kasodga uchraganmiz", — deb aniqlik kiritadi Dadajonova.

Direktor instituta Demokratii i prav cheloveka Sayyora Xodjayeva - Sputnik O‘zbekiston
Zamonaviy o‘zbek ayoli biznes-ledi bo‘lishi kerak - Sayyora Xodjayeva
Chorasiz qolgan tadbirkor shahar prokuraturasiga ariza bilan chiqqanidan keyin, joriy yil yanvar oyida 1 (bir) tonna un ajratib berishgan. "Ammo bu ham doimiy emasligini aytishdi. Korxonamda 1 tonna un bilan ish yurgizib bo‘lmaydi, shuning uchun korxonamni yopishga majbur bo‘lyapman. 8 nafar ishchimiz ishsiz qoladi, chet elga qora ishchi sifatida chiqib ketishdan boshqa choramiz qolmayapti. Hokimlikka nisbatan hech qanday shaxsiy adovatim yo‘q, korxonamni saqlab qolmoqchiman", — degan tadbirkor ayol.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri tadbirkor ayol yo‘llagan maktubni chop etishdan avval Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar hokimligi bilan bog‘landi. Marg‘ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Iqboljon G‘ofurov Sputnik muxbirining savollariga javob berar ekan, "Firdavs shodlik" oilaviy korxonasiga hokimlik tomonidan imkon qadar 3-4 tonnadan un ajratib kelingani, ammo keyingi vaqtlarda fondga ajratilgan un miqdori har oyda 30-40 tonna kam bo‘layotgani uchun ayrim tadbirkorlar faoliyati rejadan chiqarilganini ma’lum qildi.

"To‘g‘ri, 6-7ta korxonaga keyingi vaqtlarda 1 tonnadan un ajratib kelayapmiz. Chunki fondga 285 tonna un keladi, shaharimizda 52ta tadbirkor ro‘yxatga olingan. To‘rt-beshta korxonaga ko‘proq miqdorda un ajratishimizni sababi ular ijtimoiy muassasalar bilan shartnoma tuzishgan", — dedi G‘ofurov.

Ma’lum bo‘lishicha, shaharda 29ta bog‘cha, 5 ta bolnitsa va harbiy qismlar bor.

Dadajonova Sputnik muxbiri bilan suhbatda, ayrim nopok tadbirkorlar "non yopish" uchun olingan unni mahalliy bozorlarga olib chiqib qopini 85 ming so‘mdan pullashayotganini aytdi.

"Tannarxi 52 ming so‘m (G‘ofurov bergan ma’lumot) bo‘lgan un, bozorlarda 33 ming so‘m qimmat narxda sotilayotganiga, nopok tadbirkorlarning bu harakatiga nima deysiz?", — degan savolga hokim o‘rinbosari hokimlik tadbirkorlar faoliyatiga aralashmasligini, qolaversa bunday holatlarni ular o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaganini va qo‘li bilan ushlamaganini ma’lum qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev amaldorlarga: tadbirkor ertaga hammangni boqadi!
"Agar o‘sha tadbirkor bizga shu holatni isbotlab bersa, biz o‘sha korxonaga berilayotgan un miqdori evaziga bularga un qo‘shib beramiz", — dedi G‘ofurov.

Korxonasini yopish arafasida turgan tadbirkor ayol Dadajonova endi o‘z faoliyati yo‘nalishini o‘zgartirarmikin? Nopok tadbirkorlarni "ushlab berish" bilan shug‘ullanishni xohlarmikin yo qora ishchilikni afzal ko‘rarmikin?.. Bu masalani hokimlik ko‘rib chiqib, tegishli choralarni ko‘radi, degan umiddamiz.

Sputnik tahririyati ushbu vaziyatni kuzatishda davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0