23:39 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
21810

Shaharda Oʻzbekiston fuqarolari koʻpchilikni tashkil etishi bois Bosh konsullikka talab katta boʻlishi kutilmoqda

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi 2018 yil martida ochilishi kerak. Bu haqda Rossiya TIVning Sankt-Peterburgdagi vakili Vladimir Zapevalovga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

"Bizda yana bir konsullik paydo boʻladi – bu Oʻzbekiston konsulligi… Umid qilamanki, u mart oyida konsul ekzekvatura (xorijiy davlat konsuli oʻz vazifalarini bajarishi uchun RF TIVning rozilik berishi) olishi bilan ochiladi", — dedi u.

Zapevalovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston konsulligi xodimlari allaqachon Peterburgga kelishgan. Uning fikricha, shaharda Oʻzbekiston fuqarolari koʻpchilikni tashkil etishi bois ushbu davlat Bosh konsulligi "eng talabgir" konsulliklardan boʻladi.

Zapevalov hozirda Peterburgda 34ta bosh konsullik hamda 25 nafar faxriy konsullar ishlayotganini eslatib oʻtdi.

Asosiy mavzular