18:58 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
MID Uzbekistana

Oʻzbek-afgʻon xavfsizlik komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9070968
Jamiyat
Havola olish
207 0 0

Majlisda tomonlar hududiy hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan Afgʻonistonga yordam berish masalasini muhokama qilishdi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Oʻzbekiston poytaxtida 10 fevral kuni oʻzbek-afgʻon qoʻshma komissiyasining xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Komissiya tarkibiga ikki mamlakat Xavfsizlik kengashlari, kuch tizimlari hamda huquqni saqlash organlari vakillari kirgan.

Tomonlar terrorchilik v ekstremizmga,  qurol-yarogʻ savdosiga, narkotik moddalar noqonuniy savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash istiqbollarini muhokama qilishdi.

Majlis ishtirokchilari Afgʻonistondagi tinchlik, rivojlanish va xavfsizlik hamda Markaziy Osiyodagi uzoq muddatli barqarorlik orasida yaqin bogʻliqlik borligini qayd etishdi.

Markaziy Osiyoni tinchlik, hamkorlik va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish maqsadida, Afgʻoniston muammosini hududiy hamkorlikni kengaytirish va siyosiy-diplomatik uslublar yordamida hal qilishning muhimligi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyida Toshkentda Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

 

Asosiy mavzular