06:46 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
KPP na granitse Uzbekistana

Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasida aholi uchun qulay post ochildi

© Flickr / upyernoz
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstligi (13)
94552

Fuqarolar uchun nazorat-oʻtish punkti soddalashtirilgan tartibda ishlamoqda

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasidagi "Andarxon" oʻtish punkti ochildi.

Uzbekistan24 telekanali xabar berishicha, fuqarolar uchun nazorat-oʻtish punkti soddalashtirilgan tartibda ishlamoqda.

Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi "Andarxon-Patar" nazorat-oʻtish punkti 10 fevral kuni ochildi.

Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi navbatda tashqi siyosat yoʻnalishida qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga kirishdi, shu jumladan Tojikiston bilan munozarali masalalar boʻyicha.

Oʻzbekiston va Tojikiston viza va chegara boʻyicha muammoli masalalar boʻyicha kelishuvga erishdilar. Fuqarolarning oʻzaro tashriflari boʻyicha yangi hujjat tasdiqlanadi. Unga koʻra ikki davlat fuqarolar bir oy davomida vizasiz yurishlari mumkin.

2018 yil birinchi choragida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi rejalashtirilgan.

Mavzu:
Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstligi (13)

Asosiy mavzular