12:41 20 Fevral 2018
Efir
Kreditnыe kartы

Oʻzbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish boʻyicha taklif tayyorlanmoqda

© AFP 2018/ DENIS CHARLET
Jamiyat
Havola olish
19420

Axborot texnologiyalari va Adliya vazirliklari tomonidan respublikada elektron tijorat sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflar umumlashtirilmoqda. Soʻrov 16 fevralgacha qadar davom etadi

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish va Adliya vazirliklari respublikada elektron tijoratni rivojlantirish boʻyicha takliflarni yigʻishmoqda, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Soʻrovning natijalari "Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari toʻgʻrisida"gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishda qoʻllanadi.

Soʻrov 16 fevral kuniga qadar davom etadi. Unda barcha fuqarolar oʻz takliflarini yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 22 yanvarda Oʻzbekiston prezidentining "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmonida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqishi belgilangan.

Asosiy mavzular