14:57 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Aeroport Kurumoch v Samare

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" samolyoti Samarada shoshilinch qoʻnishga majbur boʻldi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Jamiyat
Havola olish
157521

Bir nafar yoʻlovchining sogʻligʻi yomonlashganligi tufayli samolyot Samara aeroportida shoshilinch qoʻndi

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Bugun, 12 fevral kuni Urgenchdan Sankt-Peterburg shahriga yoʻl olgan "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKga qarashli samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qoʻnishga majbur boʻldi, deb xabar qildi RIA Novosti milliy avikompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda.

"HY 637 reys boʻyicha Urgenchdan Sankt-Peterburg shahriga mahalliy vaqt soat 11:34da uchgan A-320 samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qoʻnishga majbur boʻldi. Bir nafar yoʻlovchining yuragi bezovta qilib, mazasi qochib qoldi", — dedi aviakompaniya vakili.

Matbuot xizmati taʼkidlashicha, yoʻlovchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi. Yoʻlovchining xavfsizligi uchun uni Samara shahrida qoldirish toʻgʻrisida qaror qilindi.

Samolyot 143 nafar yoʻlovchi bilan mahalliy vaqt soat 14:48da Sankt-Peterburgga uchib ketdi, deb qoʻshimcha qildi aviakompaniya vakili.

Asosiy mavzular