O‘zbekiston IIV ijtimoiy tarmoqlardagi turli yozishmalarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnie seti
Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik tomonidan turli ijtimoiy tarmoqlarda joylardagi Yo‘l-harakati xavfsizligi xizmatining faoliyatidan norozi bo‘lib yozilgan xabarlardagi holatlar o‘rganib chiqilgan

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlariga o‘z munosabatini bildirdi.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududida bolalarni o‘g‘irlaydigan jinoiy guruhlar yo‘q - IIV

Ma’lum qilinishicha, turli ijtimoiy tarmoqlarda joylardagi Yo‘l-harakati xavfsizligi xizmatining, jumladan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani IIB Yo‘l-harakati xavfsizligi bo‘limi va Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish "Chilonzor" bo‘linmasi faoliyatidan norozi bo‘lib yozilgan xabarlardagi holatlar o‘rganib chiqilgan. Mazkur holatlar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

"Hozirgi kunda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarning xatti-harakatlariga baho berish va murojaat qilgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda qulaylik yaratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda", deyiladi rasmiy munosabatda.

Shuningdek, xorijiy sayyohlar O‘zbekistonga kelganlarida mehmonxonada yashashlari shart etib belgilanganligi haqida tarqalgan yozishmalarga O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan olingan ma’lumot taqdim etilgan.

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
IIV xabarlari bilan Telegram orqali ham tanishish mumkin bo‘ldi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining "2018-2019 yillarda turizm sohasida amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida"gi qaroriga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi qarori bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Unga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi xorijiy fuqarolar o‘zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini, shuningdek, xususiy ishlar bo‘yicha ularni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda, xohishlariga ko‘ra mehmonxona xizmatlari – vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan joylashtirish vositalarida (mehmonxonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, o‘tov va palatkali lagerlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportida), boshqa turar joylarda, shuningdek, davolash muassasalarida yashaydilar" deb ko‘rsatib o‘tilgan.

V Buxare sozdana turisticheskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda "sayyohlik politsiyasi" ish boshladi

IIVning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish asosida yashaydilar. Milliy pasportlar belgilangan joyga kelgandan so‘ng uch sutka mobaynida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno.

Xorijiy fuqaro respublikaga kelgandan so‘ng xususiy xonadonda yashash istagini bildirsa, hududiyligi bo‘yicha ichki ishlar organiga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat etishi mumkin. Vazirlikning qayd etishicha, ushbu tartib respublikaga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolarni vaqtincha yashash joylarida xavfsizliklarini ta’minlash, ularni ko‘ngilli hordiq chiqarishlari va sog‘-salomat o‘z yurtlariga yaxshi taassurotlar bilan qaytishlari uchun joriy etilgan.

Yangiliklar lentasi
0