19:48 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Dushanbe

Dushanbe Shavkat Mirziyoyevni kutib olishga qizgʻin tayyorlanmoqda

© Flickr / Chris Price
Jamiyat
Havola olish
150120

Tojikiston va Oʻzbekiston sanʼat ustalarining birgalikdagi kontserti "Doʻstlik oqshomi" deb ataladi

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Tojikiston poytaxtida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bahor fasliga moʻljallangan ilk davlat tashrifiga qizgʻin tayyorgarlik ketmoqda.

TojikTAning respublika Madaniyat vazirligidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, davlat rahbarining tashrifi hamda prezidentlarning uchrashuvi Tojikiston va Oʻzbekiston sanʼat ustalarining birgalikdagi qutlov kontserti bilan nishonlanadi.

Xabar qilinishicha, Tojikiston va Oʻzbekiston sanʼat ustalarining birgalikdagi kontserti "Doʻstlik oqshomi" deb nomlanadi. Unda taniqli xonandalar, sozanda va raqqoslar ishtirok etadi.

Oʻzbekiston rasmiy delegatsiyasi, Tojikiston hukumati va parlamenti aʼzolari. Diplomatik korpus vakillari tomoshabinlar orasidan joy oladilar.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga safar qilishini bildirgandi.

Asosiy mavzular