05:42 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy

UzCard internet orqali "sms -xabarnoma" xizmatini ulash xavfli ekanligini bildirdi

© Sputnik / Ruxkyan
Jamiyat
Havola olish
130601

"sms -xabarnoma" xizmatiga infokiosk yoki bankomat orqali ulanish har tomonlama xavfsiz deb eʼtirof qilingan

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Uzcard plastik kartaga internet orqali "sms —xabarnoma" xizmatini ulash xavfli ekanligini bildirdi.

Toʻlov tizimi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, "sms —xabarnoma" xizmatiga infokiosk yoki bankomat orqali ulanish har tomonlama xavfsiz deb eʼtirof qilingan.

"Infokiosk orqali ushbu xizmatni ulash vaqtida apparat kartangizni qabul qilayotganda plastik kartangiz qoʻlingizda ekanligi tasdiqlanadi. Bankda ham ushbu xavsizlik tizimi joriy qilingan boʻlib, bank xodimi karta egasi ishtirokida xavfsiz ravishda kartangizni ushbu xizmatga ulab qoʻyadi", deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatining bildirishicha, "sms-xabarnoma" xizmati karta egasiga barcha kirimlar, joriy balans va toʻlov operatsiyalar, jumladan, amalga oshirilgan toʻlovlar borasidagi maʼlumotga tezkorlikda ega boʻlish imkonini yaratadi.

Asosiy mavzular