05:41 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Pamyatnik Islamu Karimovu

Moskvada Karimov haykalini oʻrnatish boʻyicha referendum kuzga qoldirilishi mumkin

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
18511

Agar tuman sudining 18 mart kuni referendumni oʻtkazishni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi apellyatsiyasi huquqiy muddat (30 kun) ichida oʻtkazilsa, deputatlar tayyorgarlik koʻrishga ulgurishmaydi va referendum kuz mavsumiga qoldiriladi

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Yakimanka okrugi deputatlari Islom Karimov haykalini oʻrnatish boʻyicha mahalliy referendumni kuz mavsumiga oʻtkazishmoqchi.

Shuningdek, referendumda Lenin haykalini koʻchirish, transport va koʻp qavatli uylarni qurish masalalari ham qoʻyilgan.

Bundan avval, Zamoskvoretskiy sudi prokuraturaning Yakimanka tumani deputatlarining 18 martda mahalliy referendumni oʻtkazishni noqonuniy deb topish toʻgʻrisida daʼvo arizasini qanoatlantirgandi.

Prokuraturaning fikriga koʻra, referendumga qoʻyilgan masalalar mahalliy boshqaruv organ vakolatiga kirmaydi.

"Ertaga biz apellyatsiya topshiramiz, undan keyin bu masala boʻyicha sud yigʻilishi tayinlanishi kerak. Agarda 14 fevralda sud yigʻilishi tayinib, unda ijobiy qaror qabul qilinsa Moskva shahar dumasida referendum oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilish uchun maksimal darajada koʻp vaqt boʻladi. Shunda biz tayyorgarlik koʻrishga ulgurmaymiz. Bu holatda keyingi vaqtga koʻchiramiz", — deb maʼlum qildi Yakimanka okrugi rahbari Andrey Morev.

Shu bilan birga, Morev barcha masalalar dolzarb boʻlsa kuz mavsumida koʻrib chiqilishini maʼlum qildi.

Deputatlar referendumda fuqarolardan bir nechta masalalar boʻyicha: Kalujsk maydonidan Lenin haykalini koʻchirish hamda Moskvadagi Islom Karimov hiyobonida Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini va favvora oʻrnatish masalalari boʻyicha soʻrov oʻtkazishmoqchi.

Asosiy mavzular